Fan-texnika | 22:00 / 28.02.2017
6640
1 daqiqa o‘qiladi

Volvo Jyenevada yangi XC60 avtomobilini namoyish qiladi

Foto: Volvo

Volvo avtomobil ishlab chiqaruvchisi Jyenevadagi avtosalonda yangi SUV - XC60 modelini namoyish qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida kompaniya saytida xabar berildi. 

Manbaga ko‘ra, avtomobilda haydovchiga yordam berish uchun uch yangi kengaytirilgan funksiya bo‘ladi, ular haydovchilarni yoqimsiz holatlardan himoyalaydi. 

Gap xususan avtomatik rul boshqaruvi haqida ketmoqda. Haydovchi biror boshqa narsaga chalg‘igan taqdirda, XC60 o‘z yo‘lini mustaqil davom ettirib, to‘qnashuvlarning oldini olishga qodir. City Safety tizimi avtoni transport vositalari, yo‘lovchilar va yirik jonivorlar bilan to‘qnashuvlardan saqlaydi. 

XC60 shuningdek avtomobilni o‘z chizig‘iga qaytaruvchi tizimga ham ega, u 60-140 km/soat tezlikda ishlaydi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid