Sport | 16:27 / 01.03.2017
5690
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya 2024 yilgi Yevropa chempionati mezbonligi uchun ariza topshirdi

Germaniya UYeFAga 2024 yilgi Yevropa chempionati mezbonligi uchun rasman ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Germaniya futbol ittifoqi (DFB) saytida ma'lum qilingan.

Xabar qilinishicha, 28 fevral kuni UYeFAning Non shahridagi qarorgohida DFB prezidenti Raynxard Grindel va UYeFA bosh kotibi Teodor Teodoris o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ushbu uchrashuv vaqtida Grindel arizani Teodorisga topshirgan.

UYeFA bosh kotibi 40 sahifali murojaatni qabul qilgan, unda Germaniya Yevro-2024 o‘yinlarini 17 shahar bo‘ylab o‘tkaza olishi taqdimot qilingan. 

Turnir mezboni 2018 yilning sentabrida ma'lum qilinadi.

Ma'lumot uchun, Germaniya 1988 yilda Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan, shuningdek, 1974 va 2006 yillarda jahon chempionatini qabul qilgan.

Mavzuga oid