Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
N.Nazarboyev Konstitutsiyaning 26-moddasini o‘zgarishsiz qoldirishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Konstitutsiyaning 26-moddasini avvalgi tahrirda qoldirishni taklif qildi. Bu haqida Tengrinews.kz nashrida xabar berildi.
"Ishchi guruh majlisi davomida Nursulton Nazarboyev QR Konstitutsiyasining 26-moddasini avvalgi tahrirda qoldirish taklifini berdi", - deya xabar beradi Oqo‘rdaning Twitter'dagi matbuot xizmati.
"Umumxalq muhokama jamiyatda birgina savol - 26-modda bo‘yicha fikr yo‘qligini ko‘rsatdi. Ushbu modda bo‘yicha huquqshunoslarimiz tomonidan katta ish qilingan. Izoh berilgan. O‘tkazib, qabul qilish mumkin edi. Biroq o‘zingiz tushunasiz, Konstitutsiya - bu Konstitutsiya. Konstitutsiya bo‘yicha konsensus bo‘lishi kerak. Bu Konstitutsiya va aksariyat buni qo‘llab-quvvatlashi darkor. Shu munosabat bilan men 26-moddani avvalgi holida qoldirishni taklif etaman", - dedi Nazarboyev.
QR Konstitutsiyasi 26-moddasining birinchi punktida "Qozog‘iston fuqarolari" so‘z birikmasini "har bir"ga almashtirish taklif qilingan edi.
"26-moddaga taklif qilingan o‘zgarishlar QR Konstitutsiyasining mazkur moddasi 1-punkti tahririning noaniqligi bilan bog‘liq, bu esa xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlarini buzish hisoblanadi", - dedi Respublika notarial palata huquqshunosi Lyudmila Kutenko.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
21:49 / 26.02.2025