Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatidagi xonadonda gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi aholi turar-joy uyida portlash sodir bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan uy bekasi tungi paytda elektr chirog‘ini yoqqanida isitish pechiga ulangan shlangdan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.
Natijada mazkur ayolning o‘zi va birga yashovchi 2 yoshli qizalog‘i va 4 yashar o‘g‘li kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabarida voqea aynan qachon sodir bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025