Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya parlamenti Ukrainadagi ocharchilikni genotsid sifatida tan oldi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning xabar qilishicha, Portugaliya parlamenti o‘tgan asrning 32-33 yillarida bo‘lgan ocharchilikni ukrain xalqining genotsid qilinishi deb e'tirof etgan.
"Bugun Portugaliya parlamenti 1932-1933 yillardagi ocharchilikni ukrain xalqining qirg‘in qilinishi deb tan oldi", — deb yozgan Poroshenko Facebook sahifasida.
Noticias ao minuto nashrining yozishicha, Portugaliyaning sotsial-demokratik partiyasi shunday tashabbus bilan chiqqan. Xususan, matnda aytilishicha, sotsial-demokratlar "o‘tgan asrning 30-yillarida Ukrainada bo‘lgani kabi totalitarizm va insoniyatga qarshi jinoyatlarning barcha turlarini keskin qoralaydi". Partiya deputatlar guruhi vakili Telmo Korreya (Telmo Correia)ning ta'kidlashicha, "kommunizm qurbonlari soni natsizm qurbonlari sonidan ortiq bo‘lgan".
Ayni chog‘da, parlament muhokamalarida ishtirok etgan Sotsialistik partiya vakillari natsizm va kommunizmni o‘zaro bir-biri bilan taqqoslash noto‘g‘ri ekanini ta'kidlashgan.
Portugaliya kommunistik partiyasi a'zolari esa bunga qarshi ovoz bergan.
2016 yil dekabr oyida Ukraina parlamenti boshqa davlatlarga murojaat qilib, 1932-33 yillardagi ocharchilikni ukrain xalqining qirg‘in qilinishi sifatida tan olishni so‘ragan edi.
1932-1933 yillardagi ocharchilik faqat Ukrainani emas, SSSRning bug‘doy yetishtiriladigan asosiy hududlari: Shimoliy Kavkaz, quyi va o‘rta Volgabo‘yi, Markaziy qoratuproq mintaqalari, Qozog‘iston, g‘arbiy Sibir, janubiy Uralni qamrab olgan. O‘shanda turli ma'lumotlarga ko‘ra, 7-8 mln kishi halok bo‘lgan. Shulardan 3-3,5 million kishi Ukrainada, 2 million nafar Qozog‘iston va Qirg‘izistonda, 2-2,5 million kishi Rossiyada.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025