Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga bir mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratadi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassislari Ukraina hukumati bilan navbatdagi moliyaviy yordam ajratilishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu masala bo‘yicha qaror martning ikkinchi yarmida qabul qilinishi mumkin.
Maslahatlashuvlar o‘z hisobotlarini XVJ direktorlar kengashiga taqdim qiluvchi mutaxassislar darajasida olib borilgan. Direktorlar kengashi moliyaviy yordam ajratish haqida yakuniy qarorni qabul qiladi.
XVJning Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 4 yillik dasturi Ukrainaga jamg‘arma tomondan 1,75 mlrd dollar ajratilishini ko‘zda tutadi. Kiyev umumiy qiymati 7,7 mlrd dollar bo‘lgan uchta transh olib bo‘lgan. Oxirgi transh 2016 yil sentabrda o‘tkazilgan. 2017 yilda Ukraina XVFJdan yana 5,4 mlrd dollar olishni rejalashtirmoqda.
XVJ xabarida aytilishicha, erishilgan kelishuv Ukrainaga yana bir mlrd dollar ajratishga imkon beradi. Jamg‘arma ma'lumotlariga ko‘ra, shu tariqa 2017 yilda Ukrainaga ajratiladigan moliyaviy yordam umumiy hajmi 8,32 mlrd dollarga yetkaziladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025