Rustam Emomali poytaxt farroshlarini mukofotlash uchun 300 ming dollar ajratdi
5 mart kuni poytaxtning barcha tumanlarida Dushanbe hokimi qarori bilan shahar kommunal va yo‘l xizmatlarida mehnat qiluvchi ayol farroshlar mukofotlanadi. Shahar ma'muriyati saytida xabar berilishicha, Xotin-qizlar bayrami va Navro‘z arafasida ayollar bir martalik mukofot puli bilan taqdirlanadi. AsiaPlus nashri shu haqida xabar berdi.
Buning uchun shahar byudjyetidan umumiy hisobda 2 million 546 ming somoniy ajratiladi. Ushbu mukofot puli 5 mart kuni Dushanbe shahrining to‘rt tumanida yashovchi ayollarga yetkaziladi. Rustam Emomali mazkur qaror ijrosi ustidan nazoratni o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yukladi.
Manbaga ko‘ra, bir millionga yaqin aholisi bo‘lgan poytaxtda 2,5 ming farrosh ishlaydi. Ularning maoshi o‘rtacha 600-800 somoniyni tashkil qiladi. Dushanbedagi kommunal xizmat xodimlarining taxminan 80 foizi ayollardan iborat.
Mavzuga oid
19:56 / 11.11.2024
Aleksey Navalniyning bevasi Magnitskiy nomidagi mukofot laureati bo‘ldi
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
14:09 / 02.11.2024
Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi
18:55 / 24.08.2024