Jahon | 22:25 / 09.03.2017
20068
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi elchi. AQSh Rossiyaga optimist odam jo‘natmoqda (fotojamlanma)

Foto: Reuters

Yuta shtatining sobiq gubernatori, respublikachi Jon Hantsman AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga elchi bo‘lish bo‘yicha taklifini qabul qilgan. Bu haqda NBC News telekanali ushbu siyosatchiga yaqin manbaga asoslangan holda xabar berdi.

Hantsman — tajribali diplomat, u Pekinda elchi bo‘lib ishlaganida, Barak Obama va Xu Tszintao o‘rtasida qalin aloqalar o‘rnatish uchun ba'zi ishlarni amalga oshirgan.

2012 yilda Hantsman AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan, u keyinroq asosiy bosqich boshlanmasidan poygadan chiqqandi.

Uni siyosat olamida «texnokrat-optimist» sifatida ta'riflashadi. 

Hantsman siyosiy faoliyatini Ronald Reygan prezidentligi davrida boshlagandi, u o‘shanda Savdo vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U o‘tgan vaqt davomida barcha prezidentlar davrida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

1992–1993 yillarda, katta Jorj Bush davrida u AQShning Singapurdagi elchisi bo‘lgan, 2009-2011 yillar davomida Xitoyda ishlagan.

U 2001 yiliyoq Xitoyda ish boshlashi mumkin bo‘lgan, ammo Jorj Bush unga Indoneziyadagi elchi bo‘lishni taklif qilgan, ammo Hantsman prezident taklifini rad etib, 2003 yilga qadar AQSh savdo vakilligida faoliyat ko‘rsatgan.

2005 yildan 2009 yilgacha Yuta shtati gubernatori bo‘lgan Hantsman o‘zining talantli menejyer ekanini ko‘rsatgan.

2011 yil, Shanxay. Elchi ishga ketmoqda
Hantsman saylovoldi kampaniyasi vaqtida
2012 yil, Nyu-Hempshir. Nomzod tarafdorlari bilan uchrashuvda
Xitoy elchisi bilan
2009 yil, Barak Obamaning Xitoyga tashrifi vaqtida
2012 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtidagi nutq
2011 yil, Florida. Hantsman o‘z shtabi binosini ochmoqda
2012 yil, Nyu-Hempshir. Siyosatchi o‘z tarafdorlari bilan
2012 yil, saylovoldi kampaniyasi doirasida Janubiy Karolinaga tashrif
2011 yil, Mayami. Siyosatchi oilasi bilan
2012 yil, saylovoldi jarayonida

 

Mavzuga oid