Jahon | 09:26 / 12.03.2017
11824
1 daqiqa o‘qiladi

Batumida miting. Politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida 20 kishi jabrlandi (foto)

Gruziyaning Batumi shahrida politsiya bilan to‘qnashuvlar kelib chiqishidan keyin 22 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. «Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, hozirga kelib ularning aksariga javob berilgan.

Ayni vaqtda politsiya shaharda nazoratni qo‘lga olgan, miting ishtirokchilari ko‘chalarni tark etgan, o‘t o‘chiruvchilar yoqilgan avtomobillar va chiqindixonalardagi olovni o‘chirmoqda.

Tartibsizliklarni keltirib chiqarishda gumon qilinganlar qo‘lga olinmoqda, ularning soniga aniqlik keltirilmagan.

Miting ishtirokchilari Adjariya politsiyasi boshqarmasi rahbariyati iste'foga chiqishini talab qilgandi. Aktsiyaning yuzlab ishtirokchilari politsiya boshqarmasi binosiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan, ammo maxsus topshiriqli bo‘lim bu harakatni to‘xtatib qolib, ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagandi.

 

Mavzuga oid