Jahon | 10:41 / 13.06.2024
6943
3 daqiqa o‘qiladi

Yerevanda politsiya parlament oldidagi namoyishchilarni shovqinli granatalar bilan tarqatdi - fotosuratlar

100 ga yaqin kishi qo‘lga olingan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Armaniston poytaxti Yerevanda ishtirokchilari mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotgan namoyishlar bir oydan buyon davom etmoqda. Bunga Ozarboyjon bilan chegarani delimitatsiya qilish qarori sabab bo‘ldi, buning natijasida Yerevan to‘rt qishloqni Bokuga qaytardi. Yerevan rasmiylari delimitatsiya Armanistonga xavfni kamaytirishga imkon berishini aytdi. Biroq, muxolifat bu harakatlarni hududiy yon bosish deb hisobladi. 

9 iyun, yakshanba kuni muxolifatdagi «Tavush vatan nomidan» harakati yetakchisi, Arman apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan dushanba kunidan 96 soatlik ish tashlashga chaqirgandi. 12 iyun kuni parlamentga Nikol Pashinyan keldi. Ko‘chada namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Aksiya ishtirokchilari to‘siqni buzib o‘tishgan, politsiyachilar shovqinli granatalar qo‘llagan. Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi 50 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar bergan. «Tavush vatan nomidan» harakatidagilar namoyishchilardan birining qo‘lidagi barmog‘i uzilib tushganini ma’lum qilgan. To‘qnashuvlar chog‘ida 17 nafar politsiyachi ham jarohatlangan. Armenia Today ma’lumotiga ko‘ra, aksiyada kamida 98 kishi qo‘lga olingan.

Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»
Foto: Yegor Kirillov / «Meduza»

Bagrat Galstanyan namoyishchilarni 13 iyun, payshanba kuni ertalab hukumat binosi oldiga yana to‘planishga chaqirgan.

Foto: Alexander Patrin/TASS /IMAGO

Mavzuga oid