Jamiyat | 21:12 / 12.03.2017
19486
2 daqiqa o‘qiladi

Kema ulkan to‘lqin ostida qoldi (video)

Internetda dengizdagi bo‘ron vaqtida Anthem of the Seas kruiz layneridan suratga olingan video ommalashmoqda. 

Videoni yosh yigitlar kemaning 3-palubasidagi illyuminatordan suratga olishgan. Video davomida kemani 9 metrlik to‘lqin qoplab olishini ko‘rish mumkin. Bunda yo‘lovchilarda kema bir necha soniyaga to‘liq suvga g‘arq bo‘lgani hissi paydo bo‘lgan. Kadrlarda tasvirlangan odamlar bu holatda o‘zlarini juda osoyishta tutmoqdalar, biroq operator "Bu dahshat!" deya hayqiradi.

Suratga olishdan bir necha daqiqa avval kema sardori yo‘lovchilarga o‘z kayutalarida qolishlarini, ekipaj bo‘ronning o‘tib ketishini kutib turishga qaror qilganini aytgan.

Nyu-Yorkdan Floridaga ketayotgan kema fevral oyida bo‘ronda qolgan. Kemada 6 mingdan ko‘proq odam bo‘lgan, ulardan 4 nafari jarohatlangan. Bo‘rondan kemaning o‘zi ham shikastlangan: palubalardan birining shifti qisman o‘pirilib tushgan, mebellar va gultuvaklar singan. 

Mavzuga oid