Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin rahbari Trampning mintaqadagi vaziyatga nisbatan pozitsiyasini ma'lum qildi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Trampning Falastin-Isroil ziddiyatida "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyiliga "to‘liq sodiq" ekanini ma'lum qildi. Bu haqida "Anadolu" nashrida xabar berildi.
Mahmud Abbos Ramala shahrida chiqish qilar ekan, Oq uy rahbari bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati haqida so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat konstruktiv tarzda o‘tgan.
"Men AQSh prezidenti e'tiborini Falastin xalqining diniy va milliy qadriyatlarini hisobga olish zaruratiga qaratdim, terrorizm va radikalizmga yo‘l qo‘yilmasligini ta'kidladim", - dedi M.Abbos.
Prezident YeI mamlakatlarining yahudiy aholi punktlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni maxsus qadoqlashga oid qarorini yodga olgan holda, xalqaro hamjamiyat Yaqin Sharqdagi barcha muammolarning manbai Falastin yerlarining mustamlakasi ekanini tan olganiga ishora qildi.
"Biz ilojsiz narsani talab qilmayapmiz. Biz Isroil mustamlakasiga chek qo‘yilmagunga qadar mintaqada muqarrar bo‘lmaydigan tinchlik tarafdorimiz", - dedi Falastin rahbari.
Kuni kecha AQSh prezidenti Falastin rahbari bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida uni muzokaralar uchun Oq uyga taklif qildi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025