Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uill Smit Afrikadagi 100 metrlik sharsharadan sakradi
Amerikalik aktyor Uill Smit dunyodagi eng baland sharshara hisoblanuvchi Viktoriyada banji-jamping bilan shug‘ullandi. Mazkur sharshara Zambiya va Zimbabve chegarasida joylashgan, deb xabar qilmoqda TMZ.
Aktyorning oyoqlariga uzun elastik arqon bog‘langan, shundan so‘ng, u qo‘lida uncha katta bo‘lmagan kamerani ushlagan holda ko‘prikdan pastga sakragan. «Bu juda ajoyib kadr bo‘ladi», — degan Smit, arqonda oyog‘idan osilib turar ekan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Smit bu haqda 20 yil orzu qilgan.
Viktoriya — bu dunyodagi balandligi 100 metr, eni 1 kmdan oshadigan yagona sharsharadir. U Afrikaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
16:24 / 06.02.2025