Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistonda Muhammad Ismoil ijodiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
16 mart kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” saroyida shoir Muhammad Ismoil ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Kechani viloyat xokimining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniyev ochib berdi. Filologiya fanlari doktori, professor Ravshan Mahmudov Muhammad Ismoil ijodidagi vatanparvarlik, xalqchillik, ona Vatanga mehru-muhabbat yuksak ekanligi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur tadbirda Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon, O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ahmadjon Otajonov, xonanda Karimboy Rahmonov, “Shuhrat” medali sovrindori Botirjon Ergashev, shoir Sharofiddin Boltaboyev, taniqli xonanda Alimardon Omonturdiyev ishtirok etishdi. Muhammad Ismoil tadbir ishtirokchilariga o‘zining yangi nashrdan chiqqan “Menga so‘z bering” deya nomlangan kitobini sovg‘a sifatida ulashdi.



Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025