Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volvo talabalarga ijaraga avtomobillar beradi
Volvo kompaniyasi talabalar uchun avtomobillar ijarasi dasturini boshlashini e'lon qildi. Gap AQShda tahsil olayotgan xorijiy talabalar haqida ketmoqda. Shved kompaniyasi ularga mashinalarni ma'lum muddatga soddalashtirilgan sxema bo‘yicha olishni taklif qiladi.
Dastur International Student Program deb nom olgan va Volvo’ning yangi modellarini berishni ko‘zda tutadi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun o‘z davlati haydovchilik guvohnomasi va xalqaro haydovchilik guvohnomasiga, amaldagi talabalik vizasi, ta'lim muassasasidan hujjat va pasportga ega bo‘lish kerak.
Dastur ishtirokchilari kompaniyaning dasturga kiritilgan yaqin oradagi dilerlik markaziga kelib, taklif qilinadigan avtomobillardan birortasini tanlashlari kerak bo‘ladi.
Ijara uchun to‘lov bir marta olinadi, biroq hozircha ijara haqi ma'lum qilinmagan. Avtomobillar uchun sug‘urta ko‘zda tutilgan, mashinada yurish bo‘yicha cheklov 15 ming milni (24 ming km) tashkil qiladi, biroq bu raqam ba'zi hollarda o‘zgartirilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:16 / 18.05.2025
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i
20:52 / 05.09.2024
Volvo 2030 yilga borib faqat elektromobillar sotish rejasidan voz kechmoqda
18:19 / 08.06.2023