Jahon | 09:20 / 19.03.2017
20353
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik harbiylarga rus tili antiqa yo‘l bilan o‘rgatilmoqda

Amerikalik harbiylar rus tilini bolalar o‘yini yordamida o‘rganmoqda. Bu Defense News nashri muxbiri Kris Kavas olgan suratlarda o‘z tasdig‘ini topgan.

Kavas tvitterdagi akkauntida xorijiy tillar harbiy institutidagi (DLI) mashg‘ulotlar payti aks etgan suratlarni joylashtirgan.

"AQSh qurolli kuchlarida rus tilini o‘rganish yana urf bo‘lmoqda. Bu suratlarda Germaniyadagi askarlar DLI mashg‘ulotlarida kirillchada skrebbl (so‘z tuzish o‘yini) o‘ynamoqdalar", deb yozgan jurnalist.

U 3 ta suratni ilova qilgan. Birinchi suratda ayol harbiy Reychel Nenning bolalar tovushli alifbesini oldida yoyib qo‘yilgan suratlar bilan o‘rganmoqda. Stolda qizning ismi rus transkripsiyasida ko‘rsatilgan tablichka turibdi.

Ikkinchi suratda xuddi shunday alifbe bilan ikki erkak harbiy shug‘ullanmoqda. Yana bir suratda ayol va erkak harbiy skrebbl o‘ynashmoqda. O‘yin maydonida "pojaluysta", "do svidaniya", "spasibo", "poka", "Bog", "akter" va "menya" so‘zlari bexato terib chiqilganini ko‘rish mumkin.

Foto: Twitter/CavasShips
Foto: Twitter/CavasShips
Foto: Twitter/CavasShips

Mavzuga oid