Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi migrantlarning farzandlari uchun rus tili testi bepul bo‘ladi
Shuningdek, rus tilini bilish darajasi past bo‘lgan yoki umuman bilmaydigan migrantlarning farzandlari uchun til kurslari ham bepul bo‘ladi.
Migrant bolalarni maktabga qabul qilish uchun rus tilidan test sinovlari davlat yoki munitsipal tashkilotda faqat bepul o‘tkaziladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Shuningdek, rus tilini bilish darajasi past bo‘lgan yoki umuman bilmaydigan migrantlarning farzandlari uchun til kurslari ham bepul bo‘ladi.
Qayd qilinishicha, Rossiya Ta’lim vazirligi rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga qabul qilish tartibini ishlab chiqadi. Ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ham o‘zgartiriladi.
Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi rus tilini bilmaydigan bolalarni maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, til imtihoni barcha migrantlar uchun majburiy holga aylanadi.
Yana bir muhim jihat — noqonuniy migrantlarning farzandlari maktablarga qabul qilinmaydi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025