Jahon | 17:21 / 20.03.2017
16951
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Donbass nazorati to‘liq yo‘qotilganini tan oldi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning bayonot berishicha, rasmiy Kiyev mintaqa millatchilar tomonidan qamal qilinishi oqibatida Donbass nazorati yo‘qotilganini tan oldi. U Kiyevda bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy rivojlanish kengashi majlisida shu haqda ma'lum qildi. Uning ma'ruzasi YouTube saytiga joylashtirilgan.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, qamal tashkilotchilari jamoatchilikni aldashgan. 

«Xususan Rossiya chegaralarida yuzlab kilometr ochiq bo‘lib turganda qanaqa qamal haqida gap yuritish mumkin? Amalda, bu bosib olingan hududlarni Rossiya tomonga yaqinlashtirish borasidagi maxsus amaliyot bo‘lib chiqdi. Qamal natijasida, Ukraina ushbu hududga o‘zining so‘nggi ta'sirini ham yo‘qotdi», — degan Ukraina rahbari. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, qamalning yana bir salbiy oqibatlaridan biri Ukraina energetikasi, metallurgiyasi va byudjyetiga zarba bo‘lganidir. 

Mavzuga oid