Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot uxlab qolgan dispetcherlar tufayli qo‘na olmadi
Argentinaning La-Rioxa shahri aeroportida Austral kompaniyasining samolyoti uxlab qolgan aviadispetcherlar tufayli yerga qo‘na olmadi, deb xabar bermoqda Opinion Austral mahalliy portali.
Xabarga ko‘ra, samolyot uchuvchisi sakkiz daqiqa davomida aeroport ustida uchib yurgan hamda dispetcherlar bilan aloqa o‘rnatishga intilgan, biroq hech qanday javob olmadi.
La-Rioxa aeroporti ertalabki soat yettida o‘z ishini boshlaydi, biroq aviadispetcherlar biroz ertaroq kelib, samolyotlarni qabul qilishga tayyor turishlari kerak. Bu safar ular uyg‘onishga ulgurishmadi va muammoli vaziyat yuzaga keldi.
Aviadispetcherlar mahalliy assotsiatsiyasi vakili Gustavo Kiroga esa shunday fikrni bildirdi: “Agarda yo‘lovchi samolyoti belgilangan muddatdan avval kelsa, bu kompaniya muammosi, sababi ular o‘z parvozlari vaqtini aniq hisob-kitob qilishmagan, biroq yakunda har doim dispetcherlar aybdor bo‘lib chiqadi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dispetcherlar birinchi samolyot kelishidan bir soat avval ishga kelishga majbur emaslar. "Ular 24 soat ishlamaydi, shuning uchun uchuvchining aytganidek – ular qo‘mondonlik-dispetcherlik punktida uxlab qolishlari mumkin emas”, - deya ma'lum qildi Kiroga.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:17 / 14.05.2025