Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Wi-Fi o‘tmishda qoladimi?
Zamonaviy Wi-Fi tarmoqlari ma'lumotlarni soniyasiga 0,45-1 Gb tezlikda yetkaza oladi. Niderlandiya Texnika universiteti tadqiqotchisi Eyndxovena Joan O o‘z dissertatsiyasida ularni soniyasiga 42,8 Gb tezlikda axborot yo‘llashga qodir infraqizil tarmoqlarga almashtirishni taklif qildi. Hi-Tech shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Bugungi kunda 802.11b/g/n/ac standartdagi Wi-Fi-modullar keng qo‘llanmoqda. Routerlar ma'lumotlarni radiochastotalar yordamida yetkazishmoqda, shu bois ko‘pincha to‘siqlar yuzaga keladi, ayniqsa bir vaqtning o‘zida bir necha moslamalar ishlagan paytda.
Joan O o‘z tajribasida antennali infraqizil nurlarni qo‘llagan va 2,5 metr masofaga soniyasiga 42,8 Gb tezlikda ma'lumot yetkazishga erishgan. Tadqiqotchi xonada bir necha shunday qurilma o‘rnatish va axborotni katta masofalarga hech qanday to‘siqlarsiz yuqori tezlikda yo‘llashni taklif qilmoqda.
Afsuski, radioto‘lqinlardan farqli o‘laroq, infraqizil nurlar devor ortidan ta'sir ko‘rsata olmaydi, shuning uchun innovatsion yetkazib beruvchi modul kvartiraning har bir xonasiga o‘rnatilishi kerak bo‘ladi.
Hozircha tizim faqat ma'lumotlarni yuklab olishga doir sinovdan o‘tdi.
Tadqiqotchilar guruhi rahbari doktor Kunenning fikricha, texnologiya bozorda besh yildan keyin paydo bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
12:58 / 14.02.2025
Wi-Fi router o‘rnatilgan Equinox jarima maydonchasiga joylashtirildi
22:37 / 13.07.2023
Yorug‘likka asoslangan Li-Fi standarti qabul qilindi
16:39 / 22.07.2022
Toshkent aeroportida bepul va yuqori tezlikdagi Wi-Fi ishga tushirildi
20:27 / 17.11.2020