Jamiyat | 15:00 / 22.03.2017
6322
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat notariuslari tomonidan joylarda «bepul huquqiy maslahat kunlari» tashkil qilingan

Mustaqillik yillarida mamlakat hayotida keskin o‘zgarishlar, islohotlar yuz berib, barcha sohalarga oid qonunlar qabul qilindi. 

Xususan, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, har bir shaxsning bekamu ko‘st yashashiga imkon berish asosiy omil hisoblandi. Qolaversa, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariatga doir qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni amalga oshirish orqali ham himoya qilinishiga jiddiy ahamiyat berildi. 

Jumladan, ayni paytda, notariuslar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni avtomatlashtirish, aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda tizim deb yuritiladi) yaratildi. 

Qolaversa, yoshi ulug‘ kishilarga, faxriylarga ko‘mak berish, ularni har tomonlama  qo‘llab-quvvatlash, bepul huquqiy yordam  ko‘rsatish maqsadida  joylarda davlat notariuslari tomonidan “bepul huquqiy maslahat kunlari” tashkil etilgan. 

Shu bilan birga, Tokshent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir notarius yoki uning yordamchisi, Toshkent shahrida joylashgan har bir mahallalarga biriktirilmoqda. Unda notariuslar mazkur maxallada haftada bir kun, istiqomat qilayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.

Ma'lumot uchun, 2016 yilda notariuslar tomonidan jami 1 212 478ta notarial harakatlar amalga oshirgan bo‘lsada, ushbu yil davomida notariuslarning harakatlari yuzasidan 299ta shikoyatlar kelib tushgan.

O‘tkazilgan taxlillarga ko‘ra, bir yilda 1.500.000 dan ortiq fuqarolarga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsada, fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlar soni ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan  0,02 foizni tashkil etadi.

Mavzuga oid