Sport | 13:59 / 24.03.2017
5800
2 daqiqa o‘qiladi

Venger: Men oxirigacha «Arsenal»ga sodiqman

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger hozircha kelgusida ham jamoada qolish-qolmasligini aniq bilmasligi haqida gapirgan.

«Menda yangilik yo‘q. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham men «Arsenal»ga sodiq qolaman. Men bu yerda qancha vaqt ishlaganim va yana qancha vaqt ishlashim muhim emas, men bor e'tiborimni o‘z oldimdagi vazifani bajarishga qarataman. Hozir bizda qiyin davr kechmoqda, natijalar yomon. Bu haqda jiddiy o‘ylash kerak, mening kelajagim haqida emas. «Arsenal»da ikkita zaxira o‘yini bor, shuningdek, Angliya Kubogi yarim finaliga chiqqanmiz, shunday ekan mavsumni yaxshi natija bilan yakunlash o‘zimizga bog‘liq», degan Venger.

Arsen Venger «Arsenal»da 1996 yildan buyon uzluksiz ishlab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi shu mavsum oxiriga qadar tuzilgan. Jamoa muxlislari uning ketishini, rahbariyat esa qolishini istamoqda.

Mavzuga oid