Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston parlamenti urushning XXR hududiga yoyilishidan ogohlantirmoqda
Afg‘onistondagi notinch vaziyatga barham berilmas ekan, Osiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanishini ta'minlab bo‘lmaydi. Bu haqda Afg‘oniston parlamenti yuqori palatasi spikeri Fazl Hodiy Muslimyor bayonot berdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
"Afg‘oniston barqarorligi – butun mintaqa barqarorligi asosidir, - deb ta'kidladi Muslimyor Boaoda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo iqtisodiyot forumida. – Mintaqada terrorizmga qarshi kurash masalasi Xitoyning "belbog‘ va yo‘l" (Ipak yo‘li iqtisodiy belbog‘i va XXI asrning dengiz ipak yo‘li) strategiyasiga mos keladi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, ekstremizmga qarshi kurash, xususan, IShIDga qarshi turish Osiyoning barcha mamlakatlari vazifasidir.
"Afg‘onistonda tinchlikka batamom erishilmas ekan, bu urush kelajakda XXR hududiga ko‘chishi ehtimol", - deb yakunlagan Afg‘oniston parlamenti vakili.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025