Las-Vegasda avtobus ichiga qamalib olgan mergan politsiyaga taslim bo‘ldi
AQShning Las-Vegas shahrida otishma sodir etishda gumon qilingan va avtobus ichiga qamalib olgan erkak politsiyaga taslim bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Avvalroq Las-Vegasda otishma vaqtida bir kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralangani ma'lum qilingandi. Otishmani sodir etishda gumon qilingan kimsa avtobus ichiga qamalib olgan va politsiyachilar tomondan qurshab olingan.
Mergan politsiya xodimlari tomondan hibsga olindi. Operatsiyada muzokara olib boruvchilar, robotlar va zirhli avtomobillar qatnashgan.
Ta'kidlanishicha, terakt versiyasi politsiya tomondan inkor etilgan. Otishma yuz bergan Las-Vegas-Strip ko‘chasi hududni xavfsizlikka tekshirish maqsadida yopib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
11:50 / 20.09.2024
Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
10:28 / 20.09.2024
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
12:40 / 19.09.2024
Wildberries ofisida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
19:38 / 18.09.2024