Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husiylar sudi Yaman prezidentini o‘lim jazosiga mahkum etdi
Yaman poytaxti Sana shahridagi «Ansar Alloh» shia harakati tarkibiga kiruvchi isyonchi husiylar sudi mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyni o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, Hodiy Saudiya Arabistoniga «yon bosish va ko‘mak berish»da aybdor deb topilgan. Husiylar Saudiyani agressor davlat deb hisoblashadi.
Davlat rahbaridan tashqari, Yaman hukumatining 6 nafar yuqori lavozimli mulozimi ham shunday jazoga loyiq ko‘rilgan. Ular orasida sobiq TIV rahbari va Yamanning AQShdagi elchisi ham bor.
Davlat arboblariga hukm sirtdan o‘qilgan, deb xabar qilmoqda agentlik.
Mavzuga oid
15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi
18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi
16:34 / 07.05.2025