Light | 23:40 / 27.03.2017
55993
4 daqiqa o‘qiladi

Achinarli haqiqat: dunyodagi eng iflos daryolar

Tabiatning ifloslanishi dunyodagi eng dolzarb muammoga aylanmoqda. Odamlar shaffof suv, toza havo va foydali oziq-ovqat haqida qayg‘urmay qo‘yishdi. Ayni damda yagona ahamiyatga ega narsa — pullar. 

Afsuski, kimyoviy chiqindilarni tejash maqsadida ayrim sanoat korxonalari dunyodagi asosiy daryolarni tobora halokat yoqasiga olib kelmoqda. Ana shunday daryolarning o‘ntaligi bilan sizlarni tanishtiramiz. 
 

Tsintarum, Indoneziya

Tanishing, dunyodagi eng iflos daryo. Mahalliy aholi (Tsintarum qirg‘og‘ida taxminan 5 million kishi yashaydi) barcha maishiy chiqindilarni suvga tashlaydi. Ifloslangan hovuz har yili 50 ming kishining umriga zomin bo‘ladi. Daryoda esa olti million tonnaga yaqin chiqindilar suzib yuradi. 

 

Xan, Xitoy 

Sanoat korxonalari Xan daryosi suvlarini haqiqiy balchiqqa aylantirdi. Daryoning butun yuzasi qalin suv o‘tlari bilan qoplangan. 

 

Yamuna, Hindiston

Nyu-Dehlidagi katta megapolis Yamuna daryosidan asosiy ichimlik suvi manbai sifatida foydalanadi. Shuningdek, kanalizatsiya quvurlari ham shu daryoga ulangan ekan: bundan ko‘rinib turibdiki, hindlar kir va tozalik mantig‘iga yaxshi tushunishmaydi. 


Missisipi, AQSh

Buyuk Missisipi har doim AQShning eng asosiy daryosi hisoblangan. Bu esa inson kimyo bilan shug‘ullanmasidan avval mamlakatdagi eng toza suv hisoblangan. Hozirda daryo suviga tushish hayot uchun juda xavfli: birgina 2015 yilning o‘zida Amerikaning bir necha yirik kompaniyalari bu yerga 13 million tonnaga zaharli chiqindilarni oqizib yuborgan.

 

Xuanpu, Xitoy

2013 yilda shanxaylik fermerlar Xuanpuga 16 mingdan ortiq cho‘chqa jasadlarini tashlab yuborishadi va bu katta mojaroga sabab bo‘ladi. Daryo Shanxay uchun asosiy ichimlik suvi manbaiga aylanib qolmoqda, biroq zavodlar va fabrikalar baribir ham unga zaharli kimyoviy moddalarni tashlashadi.

 

Niger, Nigeriya

Nigeriya neftining katta qismi Niger daryosiga kelib qo‘shiladi. Har yili mamlakat hukumatining to‘liq tasdig‘i bilan daryoga 250 ming barrel neft quyiladi. Bu esa chinakam ekologik halokatga olib keldi. 

 

Pasig, Filippin

Pasig sohili atrofida turuvchi filippinliklar ko‘priklar va suvdan kechib o‘tish haqida qayg‘urishmasa ham bo‘ladi: daryo o‘rniga u yerda haqiqiy chiqindi oqadi. Tasavvur qiling, bu yerga har kuni 1500 tonna maishiy chiqindilar tashlanadi. 

 

Ganga, Hindiston

Ilohiy Ganganing suvi shu qadar ifloski, bu yerda hattoki, sigirlar ham cho‘milishga qo‘rqishadi. Diniy marosimlar, kimyoviy chiqindilar, dafn marosimlari — Ganga uchun ayni muddao. Hindlarni esa daryoning kirligi sira xavotirga solmaydi: sigirlardan farqli ravishda odamlar hech qanday qo‘rquvsiz daryoda tahorat qilishadi va ichimlik suvini olishadi. 

 

Tszinxe, Xitoy

Mahalliy aholidan hech kim endilikda daryoning rasmiy nomini jiddiy qabul qilmaydi. Qachonlardir shahardagi fabrika bu yerga barcha bo‘yoq moddalaridan iborat zaharli chiqindilarni tashlay boshlagan va xitoyliklar uchun u qonli daryoga aylangan. 

 

Matansa-Riachuelo, Argentina

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, Argentinaning Matansa-Riachuelo daryosi qirg‘og‘ida yashovchi aholi boshqa insonlarga nisbatan saratonga ikki karra ko‘proq chalinadi. Albatta, bunga baxtsizlikni asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin, biroq daryoga to‘rtta eng yirik kompaniya chiqindilari oqib kelishi ham kasallikni keltirib chiqaradi. 

Mavzuga oid