O‘zbekiston | 13:22 / 27.03.2017
13581
2 daqiqa o‘qiladi

Fotosayohat: Toshkentdagi yangi yo‘l o‘tkazgichda ta'mirlash ishlari davom etmoqda

Toshkent metropolitenining Novza metro bekati chorrahasida barpo etilgan yangi avtomobil ko‘prigi va uning ostidan o‘tuvchi Muqimiy ko‘chalari bo‘ylab avtomobil harakatlanishiga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.

Yangi olti qatorli yo‘l o‘tkazgich uzunligi 900 metrni, eni 24 metrni tashkil etadi. 

Bugun 26 mart kuni Kun muxbiri yangi piyodalar uchun mo‘ljallangan usti yopiq ko‘prikda bo‘lib, maxsus reportaj tayyorladi. 

Ma'lum bo‘lishicha, ko‘prikdagi qurilish ishlari oxiriga yetmagan. Shijoatkor ishchilar zinapoyalar va tom qismi mustahkam bo‘lishi uchun tinim bilmay mehnat qilmoqda. 

Yer usti o‘tish yo‘lagida maxsus liftlar ham o‘rnatilgan bo‘lib, bu yoshi katta, yosh bolali va nogiron insonlarning pastga osongina tushib olishiga yordam beradi. Ayni damda lift hali ishga tushirilmagan. 

Shuningdek, piyodalar ko‘prigida maxsus skameykalar va chiqindi qutilari ham o‘rnatilgan.

Feruza Avazova tayyorladi

Mavzuga oid