Jahon | 01:00 / 27.03.2017
13916
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko "Ukraina" kreyserini sotishga ko‘rsatma berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Nikolayevdagi kemasozlik zavodi suv hududida turgan "Ukraina" raketa kreyserini qurollanishdan chiqarish haqidagi farmonni imzoladi.

Nikolayev viloyati ma'muriyati raisi o‘rinbosari Vyacheslav Bonyaning aytishicha, kreyserdan qurol-aslaha olinishi va undan keyin "qolganini" sotish rejalashtirilmoqda. "Unda korpus va turbinalar mavjud, ularga ehtiyoj bor", deb aytgan Bonya ishchilarga.

"U yerda sizning maoshingizni to‘lash uchun yetarlicha pul bor", deb qo‘shimcha qilgan Bonya.

Kreyser qurilishi 1984 yilda boshlangan. 1993 yilda kreyser Rossiya harbiy-dengiz floti tarkibidan chiqarilib, Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga topshirilgan. 1996 yilda kema qurilishi mablag‘ yo‘qligi sababli muzlatib qo‘yilgan. 

Mavzuga oid