Jahon | 09:17 / 27.03.2017
8767
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prokuraturasi Pak Kin Xeni qamoqqa olishga urinmoqda

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni hibsga olishga urinib ko‘radi. U o‘zining iste'fosiga olib kelgan korrupsiya mojarosiga aloqadorlikda ayblanmoqda, deb xabar qilgan YTN telekanali.

Yonxap agentligiga ko‘ra, 27 mart kuni Pak Kin Xeni hibsga olish so‘ralgan ariza sudga topshirilgan. Sobiq davlat rahbari poraxo‘rlik, vakolatlarini suiiste'mol qilish, shaxsiy tanishi Tsoy Sun Silga maxfiy ma'lumotlarni berishda gumon qilinmoqda. 

Janubiy Koreyadagi korrupsiya mojarosi 2016 yil oktabr oyda avj olgan edi. Bunga matbuotda paydo bo‘lgan xabarlar sabab bo‘lgandi. Xususan, respublikadagi Samsung kabi yirik korporatsiyalar Tsoy Sun Sil tomonidan tashkil etilgan jamg‘armalarga yirik miqdorda pul o‘tkazishi orqali hukumatning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan. Prezidentning davlat lavozimlarini egallamagan dugonasi prezident ma'muriyati ishlariga aralashgan hamda hokimiyatdagi aloqalaridan foydalangan. 

Ushbu ish bo‘yicha Pak Kin Xedan tashqari 30 nafarga yaqin kishi, jumladan Samsung korporatsiyasi rahbari Li Chje Yon ham so‘roq bermoqda. 

Hozirda, Tsoy Sun Sil hibsda saqlanmoqda. Pak Kin Xe 10 mart kuni mamlakat Konstitutsiyaviy sudining qarori bilan vazifasidan chetlashtirilgan edi. 

Mavzuga oid