O‘zbekiston | 17:53 / 28.03.2017
26947
2 daqiqa o‘qiladi

G‘allaorollik ota-onalar maktabdan so‘ng bolalarini nega uyga qamashmoqda?

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining prezidenti etib saylangach, o‘z ishini xalq bilan muloqot va inson manfaatlariga qaratdi. Bundan tashqari, joylarda faoliyat yurituvchi hokimliklar, mutasaddi tashkilotlar ham xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilishga undaldi. Bu borada qator yig‘ilishlar, majlislar ham o‘tkazildi va bu ishlar davom etmoqda.

Prezidentning o‘zi har bir viloyatga shaxsan tashrif buyurib, mavjud muammolar, olib borilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishmoqda.

“O‘zbekiston” telekanali orqali namoyish etilgan ko‘rsatuvlardan birida Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidan lavhalar ko‘rsatilgan. Unda mahallardagi bolalarning o‘qishdan tashqari holati, ular bo‘sh vaqtlarini nima bilan o‘tkazishlari atroflicha yoritilgan.

Ko‘rsatuvdagi tasvirlar salbiy holatlarni ko‘rsatib turibdi. Bo‘sh yotgan sport maydonlari yoki bolalar bilan gavjum yaroqsiz maydonlar mantiqan bir-biriga uyg‘unlashmagan vaziyatni ko‘rsatadi. Ota-onalarning aytishicha, ularning mahallasida na bir istirohat bog‘i va na bolalar maydonchasi bo‘lmagani sabab ular bolalarini yoki nevaralarini maktabdan qaytishgach, hovliga qamab o‘tiradi. Ko‘rsatuvda, shuningdek, mavzuga doir boshqa muammolar ham tilga olingan.

Joylarda shu paytga qadar mavjud muammolar bosqichma-bosqich hal etib borilmoqda. Buni real hayotning o‘zi ham ko‘rsatib turibdi. Ammo yon-atrofida bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rmayotgan yoki ko‘rishni istamayotgan va yoki tushunmayotgan ayrim mutasaddi rahbarlar oldinga qarab ketayotgan aravani sekinlashtirmoqda. Bu esa taraqqiyotning sekinlashishiga olib keladi.

Mavzuga oid