Jahon | 21:35 / 29.03.2017
5615
2 daqiqa o‘qiladi

Dubay politsiyasi uch dengizchining hayotini saqlab qoldi

Dubay politsiyasi seshanba kuni kechqurun uch dengizchining hayotini saqlab qolib, qahramonlik ko‘rsatdi. Gulf News shu haqidagi ma'lumoti va videosi bilan bo‘lishdi

Videoda  Dubay qutqaruv va transport politsiyasining bosh boshqarmasi falokatga uchragan kemani topib, undagi dengizchilarning qutqarilishi namoyish etilgan. 

Kema nazorati qo‘ldan chiqarilganidan keyin bortdagi uch kishining barchasida nafas olish bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. 

Dengizchilar kemaning quvvat tizimi to‘satdan ishdan chiqishi tufayli portgacha yetib kela olishmagan. 

Dubay politsiyasi dengizchilarni qutqarish uchun vertolyot yo‘llagan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Keyinroq dengizchilar "Rashid" shifoxonasiga yetkazilgan. 

"Bu murakkab missiya bo‘ldi, chunki kema Dubay qirg‘og‘idan 12 mil uzoqlikda bo‘lgan. Voqea joyiga vertolyotda yetib borgan qutqaruvchilar kemada qo‘nish maydonining yo‘qligini ko‘rgan. Biroq uchuvchi yaqin orada tuproq tashib ketayotgan kemaga ko‘zi tushadi, bu dengizchilarni qutqarish uchun vertolyotni qo‘ndirishga qulay joy edi", - dedi polkovnik Al-Mazruiy.

Kema bortidagi dengizchilardan biri 60 yoshli suriyalik ekanligi qayd etilgan, u yurak kasalligi tufayli qiyin ahvolda qolgan. Yana ikki kishi - 41 yoshli suriyalik va 33 yoshli misrlikning nafas olish yo‘llarida ham muammolar  paydo bo‘lgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, kema generatori ishdan chiqqan bo‘lgan. "Uchuvchi va qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli dengizchilarning hayoti saqlab qolingan", - deydi polkovnik.

2016 yilda Dubay politsiyasi 26 237 yer amaliyoti va 290 dengiz qutqaruv amaliyotini o‘tkazgan.

Mavzuga oid