Sport | 09:19 / 29.03.2017
18897
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralash. Osiyo. V guruhida kurash keskin ko‘rinish oldi (turnir jadvali)

Osiyo mintaqasida davom etayotgan JChga saralash bahslarining V guruhida beriladigan ikki yo‘llanma uchun uch jamoa o‘rtasida keskin kurash kechmoqda.

Bu turda barcha yetakchi o‘z uyida uchrashuvlarni o‘tkazib g‘alaba qozondi. Yaponiya o‘z uyida Tailandni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Avstraliya BAAni qabul qilib muvaffaqiyatga erishdi. Kunning so‘nggi uchrashuvida Saudiya Arabistoni terma jamoasi Iroq ustidan kichik hisobda ustun keldi.

7-turdan keyin guruhda Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 16tadan ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilishmoqda. Avstraliya terma jamoasi hisobida 13 ochko mavjud. BAA esa 9 ochko bilan 4-o‘rinda qolmoqda.

JCh-2018 saralashi, Osiyo mintaqasi, 7-tur
«B» guruhi

Yaponiya – Tailand – 4:0 (2:0)
Gollar:
 Kagava (8), Okazaki (19), Kubo (57), Yoshida (83).

Avstraliya - BAA 2:0 (1:0)
Gollar: 
Irvayn (7), Lekki (78).

Saudiya Arabistoni - Iroq 1:0 (0:0)
Gol: 
Yahyo ash-Shahriy (54).

Mavzuga oid