Xavfsiz saytlarning "oq ro‘yxati" tuzildi
Bugun Toshkent shahrida yoshlarning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ta'limiy va ko‘ngilochar resurslardan foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus "ZiyoNET" tarif rejalarining joriy qilinishiga doir matbuot anjumani o‘tkazildi.
"Kun.uz" muxbirining xabar berishicha, unda bugungi kunda internetdagi jinoyatlar real hayotdagi jinoyatlarga nisbatan 20 karra ko‘pligi qayd etildi. Hozirda ota-onalar o‘z farzandlarini internetdagi suiqasd guruhlaridan muhofazalashni maqsad qilishgan. Shu bois mutaxassislar toza internet muhitini joriy qilish, xavfsiz saytlarning "oq ro‘yxati"ni tuzish, yoshlar uchun maxsus tariflar ishlab chiqishmoqda. Bugungi kunda 9 mingdan ortiq muassasa Milliy UZ domenidagi saytlarga ulangan. Ulardan foydali bilimlarni o‘zlashtirish, xorijiy tillarni o‘rganish, bilimlarini tekshirish mumkin. 2 mingdan ziyod saytni o‘zida qamrab olgan "oq ro‘yxat" muntazam ravishda to‘ldirilib, yangilanib boriladi.
Tadbirda Axbrot xavfsizligini ta'minlash markazi vakili yoshlar o‘rtasida internetdan foydalanish madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatiga to‘xtab o‘tdi. Xususan, markaz mutaxassislari tomonidan butunjahon internet tarmog‘ining yosh avlod tarbiyasiga salbiy jihatlari muntazam tadqiq qilinib, ota-onalarga voyaga yetmagan farzandlarining yoshidan kelib chiqib, internet tarmog‘ida ularni himoya qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavflarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berib boriladi.
UZINFOCOM markazi internetda yoshlarbop saytlar, elektron resurslarni ko‘paytirish bo‘yicha loyihalari to‘g‘risida ma'lumot berdi. Shuningdek "ZiyoNET" tarif rejasi doirasida ishlab chiqilgan Yagona axborot resurslari ro‘yxatining shakllantirish jarayoni haqida ham ma'lumot berildi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda Yagona axborot resurslari reyestriga ta'lim, madaniyat, sport, biznes, tibbiyot yo‘nalishlaridagi 3 mingdan ziyod milliy va xalqaro saytlar kiritilgan. Qolaversa, eng kichik yoshdagi foydalanuvchilar uchun ham maxsus saytlar ro‘yxati mavjud. Ushbu ro‘yxat muntazam tahlil asosida hamda foydalanuvchilar takliflariga ko‘ra boyitib boriladi. UZINFOCOM markazi foydalanuvchilarni yoshlar uchun foydali va qiziqarli sayt nomlarini ushbu ro‘yxatga qo‘shishga doir taklif berish, shuningdek yoshlarbop resurslar ishlab chiqishga hissa qo‘shishga chaqiradi. Yoshlarbop sayt yaratish istagida bo‘lganlarga "ZiyoNET" portali loyihasi doirasida Markaz bepul amaliy va texnik ko‘mak beradi.
Mavzuga oid
22:31 / 17.10.2024
Saida Mirziyoyeva sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish loyihasi bilan tanishdi
11:00 / 22.04.2024
UZINFOCOM Yagona integratori tomonidan Ustudy – zamonaviy IT akademiyasi ochilishi haqida
16:58 / 25.08.2023
MyID biometrik tizimi iBeta (AQSh) laboratoriyasidan sifat tasdig‘ini qo‘lga kiritdi
15:23 / 22.01.2021