Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHT davlatlarida diniy ekstremizmga qarshi kurashish muhokama qilinadi
Toshkent shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy terrorchilikka qarshi tuzilmasi Kengashining o‘ttizinchi yig‘ilishi payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda ekstremistik yo‘nalishdagi diniy oqimlar faoliyatiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma choralar muhokama qilinadi.
"ShHT a'zo-davlatlari tegishli idoralarining ekstremistik yo‘nalishdagi diniy oqimlar faoliyati tufayli kelib chiquvchi chaqiriq va xavflarga qarshi harakat qilish bo‘yicha qo‘shma choralar haqida kelishib olish taklif etilmoqda", - deya xabar berishdi ShHT MTQTda jurnalistlarga.
Kun tartibida shuningdek ShHT davlatlarining terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kurash bo‘yicha hamkorligining huquqiy asosini tashkil etish masalalari ham bor.
Yig‘ilishda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etadi.
Ma'lumot uchun, 2001 yilda tashkil etilgan ShHTga Xitoy, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kiradi. 2016 yilning iyunidagi Toshkent sammitida tashkilotga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi haqida memorandumlar imzolandi. Ayni damda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston ShHT kuzatuvchi-davlatlari sanalsa, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka – sherik-mamlakatlar hisoblanadi. Shanhay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy terrorchilikka qarshi kurash tuzilmasi 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qarorgohi Toshkent shahridadir.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025