Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Warner Bros "Betgerl" haqida film olishni boshladi
Warner Bros. kinokompaniyasi "Betmen" koinotidagi superqahramon qiz - "Betgerl" haqida film olishni boshladi. Bu haqida NME xabar berdi.
Lentaning rejissyori, ssenariynavisi va prodyuseri - Joss Uidon. U "Qasoskorlar", "Qasoskorlar: Altron davri" kartinalari va Nil Patrik Harris ishtirokidagi "Dahshatli Doktorning musiqiy blogi" mini-serialini suratga olgan. Shuningdek Uidon "O‘yinchoqlar tarixi" va multfilmi hamda "O‘rmondagi kulba" qora komediyasi ssenariysini yozgan.
Filmdagi aktyorlar nomi hozircha oshkor etilmagan. Manbada "Betgerl"da "Betmen" koinotidagi personajlar ham bo‘lishi ta'kidlangan.
DC komikslarida Betgerl nomi ostida bir necha qahramon ko‘rinish bergan. Ba'zi versiyalarda personajlar tarixi Betmen tarixini takrorlagan, boshqalarida esa Betgerl superqahramonning sherigi sifatida qatnashgan. Personaj 1997 yilgi Jorj Kluni, Arnold Shvartsnegger va Uma Turman ishtirokidagi "Betmen va Robin" filmida paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:20 / 28.02.2018
Betmen haqidagi filmlar prodyuseri 104 yoshida vafot etdi
17:20 / 07.09.2016
"Betmen" filmi rejissyori 101 yoshda hayotdan ko‘z yumdi
19:44 / 25.08.2016
Betmenning 23 gadjyetli kiyimi yaratuvchisi Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi
08:34 / 17.07.2016