Sport | 15:53 / 03.04.2017
5532
2 daqiqa o‘qiladi

Golovkin iyunda navbatdagi jangini o‘tkazadi

Qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va britaniyalik Billi Jo Sanders o‘rtasidagi titul jangi shu yilning iyulida Qozog‘istonda o‘tkaziladi. Bu haqda Ostona shahri hokimiyatining turizm, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari Berik Marjikpayev matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

Uning aniqlik kiritishicha, Golovkin imzo qo‘ygan va jang 17 iyulga belgilangan. 

"Britaniyalik bilan jang "Astana Arena" stadionida o‘tkaziladi. Shunday ekan, pul yig‘ishni boshlang, chipta arzon bo‘lmasligi aniq", — degan Marjikpayev.

U barcha masalalar jangdan ikki hafta oldin kelishib olinishini qayd etgan.

"Axir bu professional boks, bu biznesga aylangan. Menimcha chipta bahosi 10-15 ming atrofida bo‘ladi", — degan boshqarma rahbari.

33 yoshli Golovkin WBA (Super), IBO, IBF va WBC versiyalarining o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni hisoblanadi. U o‘z vaznida mutlaq jahon chempioniga aylanishi uchun, Sondersdan WBO kamarini tortib olishi kerak bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid