Akbarjon Jalilovning qarindoshlari teraktni aynan u sodir etganiga ishonishmayapti
Akbarjon Jalilovning qarindoshlari uning Sankt-Peterburg metrosidagi teraktga aloqadorligiga ishonishmayapti.
"Akbarjon uylanmagan edi. Men u Rossiya armiyasida xizmat qilayotgani haqida eshitgandim. Armiyada xizmat qilgan yigit bunday ishga qo‘l urishiga ishonmayman. U Rossiyaga 5-6 yil avval ketgandi", - deya aytib o‘tgan gumonlanuvchining xolasi Dilabzo Jalilova.
Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, oiladagi erkaklar barcha kabi juma kunlari masjidga borishgan. Ular ekstremistik tashkilotga a'zo bo‘lishmagan. Ular shunday mehnatsevar yigit qanday qilib ekstremist bo‘lib qolganini tushuna olishmayapti.
Avvalroq Peterburgda terrorchilarning xabarchilari sifatida gumon qilingan 6 kishi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
09:15 / 10.09.2024
Belgiya: chechenistonlik shaxs teraktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 15 yilga qamaldi
19:40 / 01.09.2024
Beslan, 2004 yil 1 sentabr. 20 yil muqaddam Rossiya tarixidagi eng qo‘rqinchli terakt ro‘y bergandi
09:20 / 05.08.2024