Jamiyat | 12:50 / 05.04.2017
32708
2 daqiqa o‘qiladi

Qarishni to‘xtatib qo‘yishning oddiy usuli topildi

Koreyaning Tegu shahridagi ilm-fan va texnologiyalar Instituti olimlari qarish jarayonini to‘xtatib qo‘yishga qodir moddani topishdi. Bu haqda EurekAlert! sayti xabar bermoqda.

Ma'lumki, hujayralar qarishining sabablaridan biri lizosomalar tanazzulidir. Bu organoidlarda biopilomerlarning (DNK va oqsil) yorilishi demak. U hujayraga zararlangan qismlardan voz kechish imkonini beradi. 

ATM oqsili yoki serin/treoninli proteinkinaza vakuolyar ATF-aza deya ataluvchi fermentga fosfor guruhini birlashtiradi, natijada lizosomalar faolligi pasayadi. Tadqiqot guruhi hujayralar bilan tajribalar o‘tkazib, KU-60019’ning birlashishi ATM’ni to‘sib qo‘yishini hamda fosforlashtirish darajasini pasaytirib, qariyotgan hujayralar funksiyasini tiklashini aniqladi.

Olimlar birikma samarasini hayvonlar modellarida – DNKsiga modifikatsiyalar kiritilishi tufayli tez qariydigan organizmlarda tekshirish ko‘rishni rejalashtirishgan. Tadqiqotchilar ushbu preparatni qabul qiladigan kishilar umri davomiyligi qanday o‘zgarishini aniqlash niyatida.

Mavzuga oid