Jahon | 15:30 / 05.04.2017
8380
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml aksilkorrupsiya mitinglarini aksilterror mitinglarga «almashtirdi»

Rossiya prezidenti ma'muriyati vakili hududlar rahbarlariga 8 aprel kuni  aksilterror mitinglar o‘tkazish bo‘yicha tavsiya bergan. Bu haqda «Kommersant'» nashri Kremlga yaqin manbalariga asoslangan holda xabar bergan.

«Gubernatorlarga qo‘ng‘iroq bo‘lgan va ularga xalqni ko‘chalarga chiqarish vazifasi berilgan», – degan manbalardan biri.

Namoyishlarda parlamentdagi partiyalarning barchasi ishtirok etishi taxmin qilinmoqda. Tadbirlar mamlakatning barcha yirik shaharlarida o‘tishi belgilangan. Ayniqsa, 26 mart kuni muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning bosh vazir Dmitriy Medvedevga qarshi tekshiruvlarini qo‘llab-quvvatlagan kishilar aksilkorrupsiya namoyishlarini faol o‘tkazgan shaharlarda shunday ko‘lamdagi aksilterror namoyishlar o‘tkazilishi kerakligiga urg‘u qaratilgan.

«Yedinaya Rossiya» partiyasi aksilterror aksiyalarda ishtirok etishini tasdiqlagan. «Spravedlivaya Rossiya» «hozircha bunday buyruq kelmagani» haqida ma'lum qilgan. KPRF 8 aprel kuni Moskvada ijtimoiy tengsizlik «va boshqa muammolar»ga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini bildirgan.

Mitinglarni tashkillashtirish haqida bir necha hududiy ma'muriyatlarda aytilgan. Har bir hududdagi mitingda 4000-4500 ming nafardan kishi qatnashishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid