Fan-texnika | 19:28 / 06.04.2017
12192
1 daqiqa o‘qiladi

Galaxy S8 qurilmasi iPhone 7'dan mustahkam bo‘lib chiqdi

TechRax nomli YouTube-kanali muallifi Samsung 'ning so‘nggi smartfoni ustida krash-test o‘tkazib, Galaxy S8  va iPhone 7 qurilmalari mustahkamligini sinab ko‘rdi. Rolikda smartfonni 1,5 metr balandlikdan beton qoplamaga tashlaganda nima ro‘y berishi namoyish qilinadi. 

Yerga tushgan ikki telefon ham jiddiy talofat ko‘rmagan,  biroq ekran qismini yerga qaratib tashlanganda, iPhone 7 ekrani darz ketgan, Galaxy S8 displeyining esa frontal panel burchaklariga biroz ziyon yetgan, xolos. Bundan tashqari, iPhone 7 darz ketganidan keyin yoqilmagan, uning raqibi esa o‘z funksiyalarini bajarishda davom etgan. 

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlarini 29 mart kuni Nyu-Yorkdagi taqdimotida namoyish qildi. 

Mavzuga oid