O‘zbekiston | 12:54 / 16.05.2023
11603
1 daqiqa o‘qiladi

"Telegram"da fuqarolar sha’nini kamsituvchi videolar joylashtirgan guruh qo‘lga olindi

IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan "Telegram" messenjerida fuqarolar sha’nini kamsituvchi videolar joylashtirgan guruh aniqlandi.

Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, Hello Tashkent, salam Tashkent nomli kanal va guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi videotasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Guruh va kanal boshqaruvchilari joylangan tasvirlarni o‘chirish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan fuqarolardan pul talab qilib kelgan. 

Hello Tashkent, salam Tashkent guruh va kanallaridan jabrlangan fuqarolar 102 qisqa raqami yoki +998991176087 raqamlari orqali xabar berishlari so‘ralgan.

Ma’lumot bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mavzuga oid