MilliyTV: Novatorlik va an'analar
O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab o‘zbek televideniyesida yangi xususiy MilliyTV (MTV) telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Telekanal faoliyatining ilk vaqtidanoq o‘zini namoyon etdi, o‘zbek xalqining milliy an'analariga yangicha yondashuv esa kanalning asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi.
MilliyTV musiqiy-ko‘ngilochar va ma'rifiy kanal sifatida barcha tomoshabinlar uchun faoliyat yuritadi. Telekanal efiri musiqiy va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar, madaniy-ma'rifiy dasturlar, bolalar uchun mo‘ljallangan loyihalar hamda milliy va xorijiy badiiy filmlar, seriallar, animatsion kartinalar (multfilmlar) bilan to‘ldirilgan.
MilliyTV ikki tilda efirga uzatiladi, bunda efirning 70 foizi o‘zbek tiliga, 30 foizi esa rus tiliga ajratilgan. 2017 yilning 1 yanvaridan telekanal to‘liq efirga o‘tdi.
Husan Solihov, MilliyTV direktori:
“MTV boshqa mahalliy telekanallardan o‘zbek madaniyatiga o‘ziga xos bo‘lgan yondashuvi va qarashi bilan ajralib turadi. Bugun O‘zbekiston butun dunyoga o‘zini namoyon etadigan vaqt keldi, davlatimiz esa zamon bilan hamnafas odimlayotgan mamlakatdir. MTV ushbu yangilanishlarga bo‘lgan talabni, yuksalishni, mas'uliyatni his qilgan holda bu borada bugungi kun talabiga javob beradigan kontent yaratmoqda”.
Hozirda telekanal efiridan tomoshabinlarga sevimli bo‘lib qolgan tonggi “Shirchoy” ko‘rsatuvi, o‘zbek xonandalari mashhur xit taronalarni jonli ijroda taqdim etadigan “Jonli Ijro” musiqiy loyihasi, “Otalar so’zi” ma'rifiy ko‘rsatuvi hamda O‘zbekistondagi birinchi kechki ko‘ngilochar shou dasturi bo‘lgan “MTVShow” joy olgan. Har bir ko‘rsatuvlarni tayyorlashda iqtidorli teleboshlovchilar, prodyuserlar, rejisyorlar, muharrirlar va texnik xodimlardan iborat telekanalning kreativ jamoasi ish olib boradilar.
Shuhrat Rasulov, MilliyTV texnik direktori:
“MTV kanalining tasvirga olish studiyasi FullHD formatidagi zamonaviy so‘nggi avlod Sony kameralari bilan jihozlangan. Kanalning mediamahsulotlari tasmasiz texnologiya asosiga qurilgan, ya'ni ko‘rsatuvlarni tasvirga olishdan boshlab to uni efirga uzatishga qadar bo‘lgan jarayonlar raqamli formatda amalga oshiriladi. Bizning jamoa texnika imkoniyatlaritdan 90 foiz foydalanadilar. Yaqin vaqtlarda to‘liq HD formatiga o‘tishni ham rejalashtirganmiz”.
MilliyTV ning hududiy qamrovi butun O‘zbekistonni qamraydi. Telekanal o‘z saytiga ega.
MilliyTV o‘z ko‘rsatuvlarini tayyorlash va efirga uzatishdan tashqari, ijtimoiy roliklar ham suratga oladi. Telekanal tomonidan tayyorlangan shunday roliklardan biri xorijda yashayotgan vatandoshlarimizga bag‘ishlangan. Ushbu video tomoshabinlar orasida keng ommalashdi. Shuningdek, telekanal Vatan himoyachilari kuni, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan roliklar ham tayyorlagan.
Navro‘z bayramiga sovg‘a sifatida esa MilliyTV o‘z mobil ilovasini yaratdi. Ilova yordamida sevimli ko‘rsatuvlarni dunyoning istalgan nuqtasidan turib tomosha qilish mumkin. Mazkur mobil ilovani GooglePlay va AppStore’dan bepul yuklab olish mumkin.
(MilliyTV telekanali poytaxt markazidagi 6 qavatli zamonaviy binoda joylashgan)
(Binoning 1-qavatida AvtoCafe ishlaydi, bu yerda xodimlar nonushta, tushlik qilishi va kechki ovqatni ham tanovul qilishlari mumkin)
(AvtoCafe bir necha hududlarga ajratilgan. Bu yerda jamoa bo‘lib yangi g‘oya, loyihalarni muhokama qilish yoki hordiq chiqarish imkoni yaratilgan)
(Binoga kirish faqat maxsus o‘tkazgichlar orqali amalga oshiriladi)
(Ofisda nafaqat ish stolida, balki xohlagan joyda ishlash mumkin)
(Telekanal xodimlari haftada bir marta yangi g‘oya va loyihalarni muhokama qilish va o‘rtoqlashish maqsadida jam bo‘ladilar)
(Telekanal direktori Husan Solihov ish ustida. Kompaniyada qat'iy dress-kod yo‘q, qanday qulay bo‘lsa, shunday kiyinish mumkin)
(Bosh qabulxona)
(“MTVShow” kechki ko‘ngilochar dasturining tasvirga olish jarayoni)
(Tonggi “Shirchoy” ko‘rsatuvining tasvirga olish jarayoni)
(Tasvirga olish ishlarida zamonaviy jihozlardan foydalaniladi)
(Tasvirchilar suratga olish jarayonida)
(Suratga olish jarayoni ishchi studiyadan boshqariladi)
(Ko‘rsatuvning montaj jarayoni)
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:30 / 14.10.2024
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi
09:39 / 28.09.2024
Germaniyada Rossiya targ‘ibot telekanallari efiri bloklandi
17:27 / 11.08.2024
Markaziy Osiyoning umumiy telekanali tashkil etilishi mumkin
11:26 / 20.07.2024