Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentda «soxta militsiya» ushlandi
Toshkent shahrida turli xil jinoyatchiliklarga qarshi kurash borasida olib borilgan tadbirlar davomida odamlar ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan pul topayotgan shaxs qo‘lga olindi. Ajablanarlisi shundaki, u firibgarlik qilish chog‘ida ichki ishlar xizmati podpolkovnigi kiyimidan foydalangan.


Toshkent shahar IIBBda ma'lum qilishlaricha, asli samarqandlik bo‘lgan va muqaddam firibgarlik uchun 3 marta sudlangan shaxs odamlar ishonchiga kirib, o‘zi ijaraga olgan uylar otasining mulki ekani, zudlik bilan pul zarur bo‘lgani uchun sotayotganini aytib, bir nechta uyni sotish maqsadida xaridorlardan bir necha million so‘m va 3100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘zlashtirgan.
Shahar IIBB quyidagi suratda aks etgan shaxsdan jabrlanganlar bo‘lsa, 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni yoki eng yaqin militsiya bo‘limiga murojaat qilishni so‘raydi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025