Toshkentdagi avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda transport-kommunikatsiya tizimi, xususan shahar aholi tashish transport tizimi tubdan takomillashtirildi, moddiy-texnik baza to‘liq yangilandi, xorijiy va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta'minlandi.
2017 yilning 11 martida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 129-sonli qarori yuqorida keltirilgan ishlarning mantiqiy davomidir.
Mazkur qarorning 10-bandida poytaxtda yo‘lovchi-transport vositalarida yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, mazkur loyihani amalga oshirishning aniq mexanizmi, amalga oshiruvchilar va moliyalashtirish manbalarini aniqlash belgilangan.
O‘zbekistonda temiryo‘l va shahar transport vositalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish bo‘yicha ko‘p yillik ijobiy tajribaga ega "Mikroelektronika Plyus" MChJ va VIA TASHKENT MChJ tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlarning shahar transport tizimini, jumladan xizmatlar to‘lovlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalari o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalari asosida mazkur korxonalar o‘zaro hamkorlikda yo‘lovchi transport tizimida yo‘l haqi tizmini avtomatlashtirish uchun milliy qurilma dasturiy kompleksi ishlab chiqildi.
"Mikroelektronika Plyus" MChJ direktori S.Rahimbekovning "Kun.uz"ga ma'lum qilishicha, komleks quyidagi qulayliklarga ega:
- dasturiy ta'minot mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan hamda rus va o‘zbek tillarini ta'minlaydi;
- kartochkalar tranzit tizim orqali to‘ldirilishi, to‘lovlarni ham onlayn, ham oflayn rejimlarda amalga oshirish mumkin;
- mobil qurilamalar uchun ham maxsus dastur joriy etilib, to‘lovlarni kartasiz smartfondan foydalangan holda amalga oshirish imkoni mavjud.
Dasturiy kompleks prototipi "Toshshahartransxizmat" AJga namoyish etildi. Tizim korxona mutaxassislari tomonidan qiziqish bilan kutib olindi va uning imkoniyatlari ijobiy baholandi.
Ta'kidlash joizki, juma kuni mazkur elektron to‘lov tizimi Toshkent shahridagi 155-sonli avtobus yo‘nalishida (Gulobod ko‘chasi-Baxt ko‘li) sinovdan o‘tkazildi. Sinovlar tugagach, tizim yo‘nalishning barcha avtobuslarida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024