Jahon | 09:43 / 07.04.2017
30551
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Suriyadagi aerodromga zarba berilishi

Pentagon ma'muriyati Suriya harbiy-havo kuchlari aviabazasiga bergan raketa zarbalarining videosini namoyish qildi. Mazkur bazada kimyoviy qurol saqlangani ta'kidlanmoqda.

Zarbalar USS Ross esminetsidan turib yo‘llangan. Videoda AQSh HDK kemasidan tungi vaqtda uchirilgan raketalar parvozini ko‘rish mumkin. 

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z navbatida Suriya HHK aerodromiga zarba berishga buyruq berganini tasdiqladi. Uning bayonot berishicha, Bashar Asadni o‘zgartirish borasidagi barcha urinishlar besamar ketgan.  U ushbu hujum Amerikaning «milliy xavfsizligi muhimligi»ni aks ettirishini ma'lum qilgan. 

Hozircha Pentagon ma'muriyatida yetkazilgan talofat haqida ma'lumotlar yo‘q, biroq Suriya tomoni qurbonlar haqida xabar qilmoqda. 

7 aprelga o‘tar kechasi Pentagon Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromiga zarba berganini ma'lum qilgan edi. Raketa zarbalari AQSh harbiy kemalaridagi qanotli raketalar yordamida berilgan. Pentagonga ko‘ra jami 59ta raketa uchirilgan. 

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid