Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg terakti ishi bo‘yicha o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi
Moskvaning Basman tuman sudi Sankt-Peterburgda sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilib O‘zbekiston fuqarosi Shohista Karimovani hibsga oldi. Tergovchilar uning uyida granata va portlovchi moddalar topilganini ma'lum qilganlar. “Tintuv vaqtida Karimovaning uyidan F-1 granatasi detonatori bilan va bomba detallari topildi”, deb tergovchilarning sudda bergan bayonotini keltirib o‘tdi «Interfaks» axborot agentligi.
Sud majlisida Shohista Karimova teraktni ijro etishda gumon qilingan Akbarjon Jalilov bilan birga bitta kafeda ishlaganini aytib o‘tdi. “Men «Lesnoye” kafesida ishlab shu yerning o‘zida yashardim”, degan Karimova.
Shoxista Karimovaning advokati uning jinoyatga xech qanday aloqasi yo‘qligini aytib o‘tdi. “Tintuv vaqtida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu granata va detonator uning uyiga ataylab tashlab qo‘yilgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi”, deb aytib o‘tdi himoyachi. Uning aytishicha, tintuv joyiga tergovchidan oldin tezkor xizmat xodimlari kelishgan. “Men bunaqasini avval eshitmagandim. Granatani ayollar sumkachasidan topishgan emish”, degan advokat. Advokatning ta'kidlashicha, uning mijozi Jalilovni tanimas edi.
Avvalroq Basman sudi Sankt-Peterburgdagi terraktga aloqadorlikda gumon qilingan 8 nafar shaxsdan biri – Tojikiston fuqarosi Sodiq Ortiqovni hibsga olgan edi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025