Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainaning NATO bilan hamkorlik dasturini tasdiqladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko "Ukraina-NATO shafeligidagi 2017 yil uchun milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Ukraina davlat rahbari matbuot xizmati shu haqda ma'lum qildi.
"Dastur davlatchilikning xavfsizlik va mudofaa sohasidan tortib asosiy ijtimoiy-siyosiy, huquqiy sohalarida islohotlar o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish va markaziy boshqaruvni mahalliy hokimiyatlarga taqsimlashni nazarda tutadi. Bundan ko‘zlangan maqsad Ukrainani NATO standartlariga yaqinlashtirishdir", - deyiladi hujjatda.
Dastur, shuningdek, Ukraina mudofaa salohiyatini NATOning ekspertlik, moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlarini jalb qilgan holda kuchaytirishni belgilaydi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025