O‘zbekiston | 18:12 / 11.04.2017
9070
1 daqiqa o‘qiladi

Taxtako‘pir tumani hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Sessiyada Danegulov Rashid - Taxtako‘pir tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Nurmanov To‘lepbergen - Taxtako‘pir tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Genjyemuratov Orazbay - Taxtako‘pir tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va madaniy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq Taxtako‘pir tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berib o‘tgan edik.

Mavzuga oid