O‘zbekiston | 20:14 / 16.12.2024
13164
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Yangiyo‘l tumani hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nilufar Normirzayeva 1976 yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi — musiqa o‘qituvchisi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi.

U faoliyati davomida Yangiyo‘l tumani hokimligining bir qator mas’ul lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar, Yangiyo‘l tumani hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Oktyabr o‘rtalarida Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib, dekabr boshlarida esa Xurshid Qoraboyev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов

Mavzuga oid