Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliti yo‘qolgan Mercedes 20 yildan so‘ng sotuvga qo‘yildi
Buyuk Britaniyaning Coys kim oshdi savdo uyi atigi 80 mil (128km) yurgan Mercedes-Benz SL 500 rodsterini savdoga qo‘ydi. U R129 kuzovida ishlab chiqilgan. Qizig‘i shundaki, 1996 yilda ishlab chiqilgan mashina egasining kalitni yo‘qotib qo‘ygani sababli 21 yil turgan, deb yozadi CarThrottle.
Kim oshdi savdo uyi rahbari Kris Rutlej «Mersedes»ning boshidan kechirganlarini hikoya qilib bergan. Uning aytishicha, rodster qandaydir badavlat qizga hadya qilingan, u esa mashina kalitini yo‘qotib qo‘ygach, avtomobilni shunchaki uyida qoldirgan. Mashina esa 20 yildan ortiq vaqt e'tiborsiz qolgan.
Rutlejning qayd etishicha, agar mashina o‘tgan davr mobaynida foydalanilganda hozirda 5-7 ming funt sterling (6-9 ming dollar) turishi mumkin edi. Biroq avtomobil yaxshi holatda bo‘lgani sababli uning ehtimoliy qiymati 45-55 ming funt (55-68 ming dollar) atrofida.
Ma'lum bo‘lishicha, mashinaning asl kalitlari topilmagan va yangi kalitlar to‘plami bilan sotuvga chiqarilgan.



Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:29 / 04.02.2025